Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida (732-XII-son) · Sana: 09.12.1992 · Amalda
1. Miqdori taʼsis hujjatlarida belgilab beriladigan ulushlarga boʻlingan ustav fondi bor hamda majburiyatlar yuzasidan oʻz mol-mulki doirasidagina javobgar boʻlgan jamiyat masʼuliyati cheklangan jamiyat deb eʼtirof etiladi.
Jamiyat qatnashchilari qoʻshgan hissalari doirasida javobgar boʻladilar.
2. Miqdori taʼsis hujjatlarida belgilab berilgan ulushlarga boʻlingan ustav fondi bor jamiyat qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat deb eʼtirof etiladi. Bunday jamiyatning mol-mulki kamlik qilgan taqdirda jamiyat qatnashchilari uning majburiyatlari yuzasidan oʻz mol-mulklari bilan ham, barcha qatnashchilar uchun teng miqdorda, qoʻshgan hissalariga monand summada javob beradilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-28517
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 16-modda. Masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida (732-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-26937/16 (lex.uz/docs/-28517)