8-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni taʼminlash majburiyatini oladilar:
a) har bir insonning oʻz iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirish va himoyalash uchun kasaba uyushmalari tashkil etish va oʻz ixtiyori bilan ana shu uyushmalarga kirish huquqi. Buning uchun tegishli tashkilot qoidalariga rioya qilish shart. Koʻrsatib oʻtilgan huqukdan foydalanishga hech bir cheklanish qoʻyilmaydi, qonunda koʻzda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibi manfaatlari yoʻlidagi yoki boshqalarning huquq va erkinligini muhofaza etishdagi huqukdar bundan mustasno;
b) kasaba uyushmalarining milliy federatsiya yoki konfederatsiya tuzish huquqi va milliy federatsiya, konfederatsiyalarning xalqaro kasaba uyushmalari tuzish yoki shu kabi uyushmalarga birlashish huquqi;
c) kasaba uyushmalarining hech bir toʻsiqsiz, cheklashlarsiz faoliyat yuritish huquqi, qonunda koʻzda tutilgan va demokratik jamiyatda davlat xavfsizligi yoki jamoat tartibi manfaati yoki boshqalarning huquq va erkinligini muhofaza etish uchun zarur boʻlgan huqukdari bundan mustasno;
b) har bir mamlakatning qonunlariga muvofiq amalga oshiriladigan ish tashlash huquqi.
2. Ushbu modda qurolli kuchlar, politsiya yoki davlat maʼmuriyati tarkibidagi shaxslar uchun mazkur huquqlardan foydalanishda qonuniy cheklash kiritilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
3. Ushbu moddadagi hech narsa 1948-yilgi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyasida ishtirok etuvchi davlatlarga uyushmalar erkinligi va tashkilotlar tuzish huquqini himoya qilish koʻrsatilgan konvensiyada nazarda tutilgan kafolatlarga ziyon yetkazgan holda qonuniy aktlar qabul qilish yoki ushbu kafolatlarga ziyon yetkazadigan qonunni qoʻllash huquqini bermaydi.
