7-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishining adolatli va qulay shart-sharoitga ega boʻlgan mehnat qilish huquqini, jumladan, quyidagilarni tan oladi:
a) barcha mehnatkashlarga kamida quyidagilarni taʼminlaydigan haq:
i) teng qiymatga ega mehnat uchun hech bir tafovutsiz adolatli ish haqi va teng daromad, ayni paytda, jumladan, ayollarga erkaklarnikidan kam boʻlmagan mehnat sharoitiga kafolat berilishi hamda teng mehnat uchun teng haq toʻlanishi kerak;
ii) mazkur Paktning qarorlariga muvofiq ular va ularning oilalari uchun qoniqarli boʻlgan turmush;
b) xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi ish sharoiti;
c) mehnat staji va malaka asosidagina ishda tegishli yanada yuqoriroq mansablarga koʻtarilish uchun bir xil imkoniyat;
d) dam olish, boʻsh vaqt imkoniyatining boʻlishi va oqilona cheklangan ish vaqti hamda haq toʻlanadigan taʼtil, shuningdek bayram kunlari uchun haq.
