Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Mazkur Pakt Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga oʻttiz beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qoʻshilish haqidagi hujjat saqlash uchun berilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Paktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan har bir davlat uchun oʻttiz beshinchi ratifikatsiya qilingan yorliq yoki qoʻshilish haqida hujjat sakdash uchun berilgandan soʻng, oʻsha davlatning oʻz ratifikatsiya qilingan yorligʻi yoki qoʻshilish haqidagi hujjati sakdash uchun berilgan kundan boshlab uch oy oʻtgach mazkur Pakt kuchga kiradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2686000
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 27-modda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida. neolex.uz/uz/laws/law-2686024/27 (lex.uz/docs/-2686000)