26-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ushbu Pakt Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan yoki BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalariga aʼzo boʻlgan, Xalqaro Sud Statuti ishtirokchisi boʻlgan yoki mazkur Paktda ishtirok etish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan taklif etilgan har qanday boshqa davlat imzolashi uchun ochiq.
2. Ushbu Pakt ratifikatsiya qilinishi kerak. Ratifikatsiya qilingan yorlikdar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi.
3. Ushbu Pakt mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan har qanday davlat qoʻshilishi uchun ochiqdir.
4. Qoʻshilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga qoʻshilish haqidagi hujjat saqlash uchun topshirilgach amalga oshiriladi.
5. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktni imzolagan yoki unga qoʻshilgan davlatlarni ratifikatsiya qilingan yorliqlar yoki qoʻshilish haqidagi hujjatlar sakdash uchun topshirilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi, mazkur Pakt uning oʻz ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish haqidagi hujjati sakdash uchun qabul qilingandan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
