2-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ushbu Paktda qatnashuvchi har bir davlat yakka tartibda va xalqaro yordam va hamkorlik tartibida, jumladan, iqtisod va texnika sohalarida mazkur Paktda eʼtirof etilgan huquqlarning asta-sekin toʻliq roʻyobga chiqishini taʼminlash uchun barcha zarur usullar bilan, jumladan qonuniy choralar koʻrish orqali mavjud resurslarning iloji boricha keng doirasida tadbirlar koʻrish majburiyatini oladi.
2. Ushbu Paktda qatnashuvchi davlatlar mazkur Paktda eʼlon qilingan huqukdarni biror-bir kamsitishsiz, yaʼni irqi, tana rangi, jinsi, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, nasl-nasabi yoki boshqa holatlardan qatʼi nazar kafolatlash majburiyatini oladilar.
3. Rivojlanayotgan mamlakatlar inson huqukdari va oʻz xalqi xoʻjaligini zarur tarzda hisobga olgan holda oʻz mamlakatlari fuqarolari boʻlmagan shaxslarga mazkur Paktda eʼtirof etilayotgan iqtisodiy huqukdar uchun qay darajada kafolat berishlarini oʻzlari belgilashlari mumkin.
