1-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Barcha xalkdar oʻz takdirini oʻzi belgilash huquqiga egadir. Ushbu huquq orqali ular oʻz siyosiy maqomini va oʻz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotini erkin holda taʼminlaydi.
2. Barcha xalkdar oʻz maqsadlariga erishmoq uchun oʻz tabiiy boyliklari va resurslariga egalik qiladi, bunda oʻzaro foyda prinsipiga asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huqukdan kelib chiqadigan biror-bir majburiyatga zarar yetmasligi lozim.
Hech bir xalq oʻziga tegishli boʻlgan tirikchilik vositalaridan hech qachon mahrum qilinmasligi shart.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan oʻz-oʻzini boshqara olmayotgan va vasiy boʻlgan hududlarni boshqarish uchun javob beruvchi davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi qoidalariga muvofiq oʻz takdirini oʻzi belgilash huquqini amalga oshirishni ragʻbatlantirishlari va bu huquqni hurmat qilishlari lozim.
