16-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paktning shu qismiga muvofiq, mazkur Paktda tan olingan huquqlarga rioya etishga erishish borasida koʻrilayotgan tadbirlar hamda siljishlar haqida maʼruzalar takdim etish majburiyatini oladi.
2. a) Barcha maʼruzalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga takdim etiladi, u esa koʻrib chiqish uchun mazkur Pakt qoidalariga muvofiq Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga maʼruzalarning nusxasini yuboradi;
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlarning maʼruzalarini yoki maʼruzalarning tegishli qismini ushbu davlatlar aʼzo boʻlgan muassasalarga yuboradi, chunki ana shu maʼruzalar yoki maʼruzalarning qismlari konstitutsion aktlarga muvofiq oʻsha muassasalarning vazifasi doirasiga kiradigan barcha masalalarga aloqadordir.
