15-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar har bir insonning quyidagi huquqlarini eʼtirof etadi:
a) madaniy hayotda ishtirok etish;
b) ilmiy taraqqiyot va uni amalda qoʻllash natijalaridan foydalanish;
s) oʻzi muallif boʻlgan har qanday ilmiy, adabiy yoki badiiy mehnat bilan bogʻliq holda yuzaga keluvchi moddiy va maʼnaviy manfaatlar himoyasidan foydalanish.
2. Ushbu huqukdarni toʻla amalga oshirish uchun mazkur Paktda ishtirok etayotgan davlatlar qabul qilishi kerak boʻlgan tadbirlar fan va madaniyat yutuqlarini himoyalash, rivojlantirish va yoyish uchun zarur boʻlganlarini qamrab oladi.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyat uchun soʻzsiz zarur boʻlgan erkinlikni hurmat qilish majburiyatini oladi.
4. Mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ilmiy va madaniy sohalarda xalqaro aloqalarni ragʻbatlantirish va rivojlantirish orqasidan keladigan nafni tan oladi.
