10-modda
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarni tan oladi:
1. Jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi hisoblanmish oilaga imkoni boricha keng koʻlamda yordam berilishi va muhofaza etilishi zarur. Ayniqsa u shakllanayotgan davrda bunday koʻmak zarur, chunki mustaqil boʻlmagan bolalar va ular tarbiyasi borasidagi gʻamxoʻrlik hozircha oila zimmasiga tushmokda, nikoh nikohdan oʻtayotganlarning erkin roziligiga koʻra tuzilmogʻi lozim.
2. Bola tugʻilishidan oldin va undan keyingi davrda onalarga alohida eʼtibor berilishi lozim. Bu davr mobaynida ishlovchi onalarga haq toʻlanadigan taʼtil yoki ijtimoiy taʼminot boʻyicha yetarli nafaqa bilan taʼtil berilishi kerak.
3. Barcha bolalar va oʻsmirlarga hech bir kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki boshqa belgilaridan qatʼi nazar alohida himoya choralari va yordam koʻrsatilishi shart. Bolalar va oʻsmirlar iqtisodiy va ijtimoiy ekspluatatsiyadan himoyalangan boʻlishi kerak. Ularning mehnatini axloqi va salomatligi uchun zararli boʻlgan yoki hayot uchun xavfli sohalarda yoki ularning normal oʻsishi uchun zarar keltirishi mumkin boʻlgan sohalarda qoʻllash qonun bilan jazolanishi kerak. Bundan tashqari, davlat shunday yosh chegarasini belgilab qoʻyishi kerakki, shu chegaradan quyi yoshdagi bolalar mehnatidan foydalanish taqikdanishi va qonun bilan jazolanishi lozim.
