18-modda
Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida · Sana: 18.12.1979 · Amalda
1. Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyaniig qoidalarini bajarish uchun qabul qilingan qonunchilik, sud, maʼmuriy yoki boshqa chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi va bu borada erishilgan siljishlar haqidagi maruzani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga Qoʻmitaning koʻrib chiqishi uchun taqdim etish majburiyatini oladilar, jumladan:
a) manfaatdor davlat uchun mazkur Konvensiyaniig kuchga kirgan kunidan boshlab bir yil ichida;
b) shundan keyin hech boʻlmaganda har toʻrt yilda va soʻngra, qachonki, bu haqda Qoʻmita rasmiy ravishda soʻraganda.
2. Maʼruzalarda mazkur Konvensiya boʻyicha majburiyatlarni bajarish darajasiga taʼsir koʻrsatadigan qiyinchilik va omillar koʻrsatilishi mumkin.
