52-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish asoslari
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish:
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni hamda birja faoliyatini litsenziyalash va (yoki) bunday faoliyatga nisbatan majburiy talablar belgilash;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga emitentlarning rioya etishi ustidan nazorat qilish;
qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborot qonunchilikka muvofiq oshkor qilinishini taʼminlash;
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining faoliyati ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
