49-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotning maxfiyligi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mijozlari, ular hisobvaraqlarining holati va oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarning mazmuni (emitent, qimmatli qogʻozlarning turi va xili, soni, bahosi, bitim tuzilgan sana, vaqt, birja savdosi oʻtkazilgan hollarda esa savdoda ishtirok etgan shaxslar ham bundan mustasno) maxfiy axborotdir.
Maxfiy axborotga ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanishga, shuningdek uni bitimlar tuzish uchun boshqa shaxslarga berishga haqli emas.
Maxfiy axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslar bunday axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
