42-modda. Qimmatli qogʻozlarning va hisobga olish registrlaridagi yozuvlarning but saqlanishi kafolatlari
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Hujjatli qimmatli qogʻozlarning but saqlanishi ularning egalari tomonidan, ular Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga topshirilgan taqdirda esa, mazkur depozitariy tomonidan qimmatli qogʻozlarni saqlash joylarida depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq taʼminlanadi.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining va investitsiya vositachilarining hisobga olish registrlaridagi qimmatli qogʻozlar hamda elektron yozuvlarning but saqlanishi, shu jumladan texnik tizimda nosozliklar va kutilmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda ularni tezkor qayta tiklash qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadigan tartibda taʼminlanadi.
