23-modda. Kafolat fondi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Investitsiya vositachisi tomonidan investorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchisi har bir investitsiya vositachisiga tegadigan vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi hisobidan kafolat fondini shakllantiradi. Kafolat fondining mablagʻlari investitsiya vositachilariga tegishli boʻlib, har bir investitsiya vositachisi boʻyicha alohida shakllantiriladi va hisobga olinadi.
Kafolat fondining mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va ushbu mablagʻlar investitsiya vositachisiga u investitsiya vositachisi sifatidagi faoliyatini tugatgan taqdirda qaytarilishi kerak.
Kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
