15-modda. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi shartlari
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-387-son) · Sana: 03.06.2015 · Amalda
Qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirishga va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida;
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish hamda muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
Qimmatli qogʻozlarning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi, bundan xalqaro obligatsiyalarni joylashtirish hamda davlat aksiya paketlarini xorijiy investorlarga fond birjasi orqali sotish hollari mustasno.
