Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida · Sana: 12.08.1949 · Amalda
Agar jamoaviy koʻmak sifatida kiyim-kechaklar joʻnatiladigan boʻlsa, har qaysi harbiy asir kamida toʻliq komplekt kiyim-boshni oʻz shaxsiy mulki sifatida saqlab qoladi. Harbiy asirlardan birontasi bir komplektdan ortiq kiyim-kechakka ega boʻlgan hollarda vakolatli shaxsning nisbatan taʼminlangan kishilardan ortiqcha buyumlarni yoki soni meʼyordan ortiq boʻlgan ayrim narsalarni (bitta buyumni) olib qoʻyishiga, agar bu nisbatan kam taʼminlangan harbiy asirlar ehtiyojini qondirish uchun zarur deb topilsa, ruxsat etiladi. Vakolatli shaxs, ayni chogʻda, ich kiyimi, paypogʻi yoki oyoq kiyimi yoʻq harbiy asirlarni boshqa yoʻl bilan taʼminlashning imkoni boʻlmagan hollardagina ular uchun boshqalardagi bunday buyumlarning ikkinchi komplektini olishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2660045
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 7-modda Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida. neolex.uz/uz/laws/law-2660047/7x2 (lex.uz/docs/-2660045)