Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida · Sana: 12.08.1949 · Amalda
Agar muayyan bir mamlakatda qoʻshma tibbiy komissiya faoliyat koʻrsatishi zarur deb topilsa-yu ammo bu mamlakatda betaraf Davlat fuqarosi hisoblangan biron-bir shifokor mavjud boʻlmasa va agar qandaydir sabablarga koʻra komissiyaga boshqa mamlakatda yashovchi betaraf Davlat fuqarolari boʻlgan shifokorlarni tayinlashning imkoni boʻlmasa, u holda asirlikda saqlab turgan Davlat Homiy Davlat roziligi asosida ish tutib, qoʻshma tibbiy komissiya faoliyatini bajaradigan oʻz tibbiy komissiyasini tuzishi mumkin, ammo bunday komissiyaga nisbatan mazkur nizomning 1 — 5 va 8-moddalaridagi qoidalar qoʻllanilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2660045
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 13-modda Harbiy asirlar bilan qilinadigan muomala toʻgʻrisida. neolex.uz/uz/laws/law-2660047/13 (lex.uz/docs/-2660045)