8-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Hech kim qullikda saqlanmasligi kerak; qullik va qul savdosining barcha koʻrinishlari taqiqlanadi.
2. Hech kim erksiz holatda saqlanmasligi kerak.
3. a) Hech kim majburiy yoki shart boʻlgan mehnatga majbur qilinmasligi lozim;
b) jinoyat uchun jazo tariqasida juda ogʻir ishlarga jalb etilish bilan bogʻliq ozodlikdan mahrum etish tayinlanishi mumkin boʻlgan mamlakatlarda, shunday jazo vakolatli sud hukmi bilan tayinlansa 3 a-bandi juda ogʻir ishlarni bajarish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
s) “majburiy yoki shart boʻlgan mehnat” atamasi ushbu bandda quyidagilarni qamrab olmaydi:
i) b-kichik bandida tilga olinmagan biror-bir ish yoki xizmat, bu ish yoki xizmatni, qoida tariqasida, sudning qonuniy farmoyishiga asosan qamoqda boʻlgan shaxs yoki bunday qamoqdan shartli ravishda ozod etilgan shaxs bajarishi kerak boʻlsa;
ii) harbiy tusdagi har qanday xizmat, siyosiy yoki diniy-etnik sabablarga koʻra harbiy xizmatni rad etish tan olinadigan mamlakatlarda xuddi shunday sabablarga koʻra harbiy xizmatni rad etayotgan shaxslar uchun qonunda nazarda tutilgan har qanday xizmat;
iii) aholi hayotiga yoki osoyishtaligiga tahdid soluvchi falokat yoki favqulodda holat roʻy berganida majburiy boʻlgan har qanda y xizmat;
iv) odatdagi fuqarolik burchlariga kiruvchi har qanday ish yoki xizmat.
