40-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar ushbu Paktda eʼtirof etilgan huquqlarni hayotga tatbiq etish borasidagi tadbirlari va bu huquqlardan foydalanishda erishilgan siljishlar haqida maʼruzalar taqdim etish majburiyatini oladilar;
a) ushbu Pakt kuchga kirgandan soʻng bir yil ichida tegishli ishtirokchi davlatlar xususida;
b) bundan soʻng Qoʻmita talab qilgan barcha hollarda.
2. Barcha maʼruzalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etiladi va u ushbu maʼruzalarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmitaga yuboradi. Maʼruzalarda, agar mavjud boʻlsa, ushbu Paktni hayotga tatbiq etishga taʼsir koʻrsatuvchi omillar koʻrsatiladi.
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Qoʻmita bilan maslahatlashgandan keyin manfaatdor ixtisoslashtirilgan muassasalarga maʼruzaning ular vakolatiga tegishli boʻlgan qismini yuborishi mumkin.
4. Qoʻmita ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar taqdim etadigan maʼruzalarni oʻrganadi. U ishtirokchi-davlatlarga oʻz maʼruzalarini va oʻzi maqsadga muvofiq deb hisoblaydigan fikr-mulohazalarini yuborib turadi. Qoʻmita ushbu fikr-mulohazalarini shuningdek Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashga mazkur Paktda ishtirok etuvchi davlatlardan olingan maʼruzalar nusxalari bilan birga ham yuborib turishi mumkin.
5. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar Qoʻmitaga mazkur moddaning 4-bandiga muvofiq qayd qilinishi mumkin boʻlgan har qanday mulohazalar borasida oʻz fikrini taqdim etishi mumkin.
