19-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Har bir inson hech bir toʻsiqsiz oʻz fikriga sobit boʻlish huquqiga ega.
2. Har bir inson oʻz fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qatʼi nazar yozma ravishda yoki matbuot orqali yoki ifodalashning badiiy shakllari yoki oʻz ixtiyoriga koʻra boshqacha usullarda turli axborot va gʻoyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi.
3. Ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanish alohida majburiyatlar va alohida masʼuliyat yuklaydi. Bu tarzda foydalanish ayrim cheklashlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, lekin bu cheklashlar qonun bilan belgilanishi va quyidagilar uchun zarur boʻlishi lozim:
a) boshqa shaxslarning huquqlari va obroʻ-eʼtiborini hurmat qilish uchun;
b) davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, aholi salomatligi yoki maʼnaviyatini muhofaza etish uchun.
