15-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Hech kim sodir etilgan paytida davlatning amalda boʻlgan ichki qonun hujjatlari yoki xalqaro huquqqa koʻra jinoyat hisoblanmagan biror-bir harakati yoki xato ish qilib qoʻyganligi uchun jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qoʻllanishi lozim boʻlgan jazoga nisbatan ogʻirroq jazo tayinlanishi mumkin emas. Agar jinoyat sodir etilganidan keyin qonun bilan nisbatan yengil jazo belgilansa, ushbu qonun mazkur jinoyatchiga nisbatan qoʻllaniladi.
2. Mazkur moddadagi hech narsa har qanday shaxsni sodir etilgan vaqtda xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan umumiy prinsiplarga koʻra jinoyat deb hisoblangan har qanday xatti-harakat yoki xato ish qilib qoʻyganlik uchun sudga berishga va jazolashga toʻsqinlik qilmaydi.
