10-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslar insonlarcha muomala qilinish va inson shaxsiga xos boʻlgan qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
2. a) istisno hollari boʻlmaganida, ayblanuvchilar sudlanganlardan alohida joylashtiriladi va ularga sudlanmagan shaxslar maqomiga javob beradigan alohida rejim belgilanadi;
b) voyaga yetmagan ayblanuvchilar voyaga yetgan ayblanuvchilardan ajratib qoʻyiladi va qaror chiqarish uchun qisqa muddatda sudga keltiriladi;
3. Mahbuslarga moʻljallangan penitensiar tizimdan maqsad ularni toʻgʻri yoʻlga solish va ularni ijtimoiy jihatdan qayta tarbiyalashdir. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar voyaga yetgan huquqbuzarlardan ajratib qoʻyiladi va ularning yoshi hamda huquqiy maqomiga javob beruvchi rejim belgilanadi.
