1-modda
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisida · Sana: 16.12.1966 · Amalda
1. Barcha xalqlar oʻz taqdirini oʻzi belgilash huqukiga egadir. Ushbu huquq asosida ular oʻz siyosiy maqomlarini erkin belgilaydilar va oʻz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishlarini erkin taʼminlaydilar.
2. Barcha xalqlar oʻz maqsadlariga erishish uchun oʻzaro manfaatdorlik prinsipiga asoslangan xalqaro iqtisodiy hamkorlik va xalqaro huquqdan kelib chiqadigan biron-bir majburiyatga ziyon yetkazmasdan oʻz tabiiy boyliklari va resurslarini erkin holda tasarruf etishi mumkin. Hech bir xalq hech bir holatda oʻziga tegishli tirikchilik vositalaridan mahrum etilmasligi kerak.
3. Ushbu Paktda ishtirok etuvchi barcha davlatlar, shu jumladan oʻzini oʻzi boshqara olmaydigan va vasiylikka olingan hududlarni boshqarish uchun javobgar boʻlgan davlatlar ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi qoidalariga muvofiq, oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini amalga oshirishni ragʻbatlantirishi hamda bu huquqni hurmat qilishi lozim.
