5-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining qoidalari hamda ijroiya qoʻmitasi toʻgʻrisida (793-XII-son) · Sana: 11.03.1993 · Amalda
Milliy parlament guruhining Ijroiya qoʻmitasi tarkibi Rais, kotib va qoʻmita aʼzolaridan iborat boʻladi.
Ijroiya qoʻmitasi:
— ish rejasi tayyorlaydi va uni tasdiqlash uchun taqdim etadi;
— Ijroiya qoʻmitasining har bir aʼzosiga aniq ish jabhasini biriktirib qoʻyadi;
— Oʻzbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhi aʼzo boʻlgan parlamentlararo tashkilotlarning qarorlarini amalda roʻyobga chiqarish uchun chora-tadbirlar koʻradi;
— parlamentlararo tashkilotlar faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun maʼmuriy va moliyaviy masalalarga doir zarur chora-tadbirlar koʻradi hamda bu tashkilotlarning Kotibiyatlari bilan muntazam aloqa bogʻlaydi;
— Parlamentlararo Ittifoq va boshqa parlamentlararo tashkilotlarning tadbirlarida qatnashish uchun Milliy parlament guruhi aʼzolari yuborilishini taʼminlaydi, delegatlarning vazifalarini belgilab beradi, ishlarida koʻmaklashadi hamda tadbir oʻtkazilayotgan mamlakatda boʻlishlari bilan bogʻliq barcha zarur choralarni koʻradi;
— qabul qilingan qarorlar yuzasidan Milliy parlament guruhining tutadigan mavqeyini belgilaydi, ana shu mavzular boʻyicha materiallar (bayonnoma, rezolyutsiya loyihasi, qoʻshimchalar, tuzatishlar) taqdim etadi, hukumat tasarrufidagi va hukumat tasarrufida boʻlmagan tegishli tashkilotlar bilan maslahatlashish zarurligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
— kundalik faoliyatga doir masalalarni oʻrganadi va parlamentlararo tashkilotlarning faoliyatiga, Ustavi, tuzilishi va budjetiga oʻzgartishlar kiritishga, ular oʻtkazadigan tadbirlarning kun tartibiga qoʻshimcha bandlar kiritishga doir takliflarni ilgari suradi;
— parlamentlararo uchrashuv oʻtkaziladigan mamlakat parlamenti rahbariyati va delegatsiyasi bilan ikki tomonlama aloqalar oʻrnatadi.
