4-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining qoidalari hamda ijroiya qoʻmitasi toʻgʻrisida (793-XII-son) · Sana: 11.03.1993 · Amalda
Parlament guruhi aʼzolarining umumiy yigʻilishi Milliy parlament guruhining rahbar idorasi hisoblanadi, bu yigʻilish zaruratga qarab oʻtkaziladi. Milliy parlament guruhining yigʻilishi, basharti unda parlament jami aʼzolarining uchdan ikki qismidan koʻpi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Umumiy yigʻilish Milliy parlament guruhining Ijroiya qoʻmitasini saylaydi, Ijroiya qoʻmitasi ishiga doir hisobotlarni tinglaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy parlament guruhining faoliyati bilan bogʻliq eng muhim masalalarni qarab chiqadi.
Umumiy yigʻilishni Milliy parlament guruhining rahbari, Ijroiya qoʻmitasi chaqiradi.
Umumiy yigʻilish qaror va murojaatnomalar qabul qiladi, noma va maktublar yoʻllaydi.
Basharti, yigʻilishda ishtirok etayotgan parlament aʼzolarining yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bersa, yigʻilish qarori qabul qilingan hisoblanadi.
