42-modda. Baholovchi
Baholash faoliyati toʻgʻrisida (811-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Baholovchi belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir.
Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Baholovchi baholash ishlarini oʻtkazishga, agar u baholovchi tashkilotning shtatida turgan boʻlsa yoki baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, baholovchi tashkilot tomonidan jalb etilishi mumkin.
Baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻtkazadigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosidagina mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.
