4-modda. Birja ustavi
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-375-son) · Sana: 12.09.2014 · Amalda
Birja ustavida quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili;
birja ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati, turlari (oddiy, imtiyozli);
birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Birja ustavida qonunchilikka muvofiq boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
