3-modda. Birja
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-375-son) · Sana: 12.09.2014 · Amalda
Birja — oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs.
Birjalar faqat aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi.
Birjalar oʻz faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi.
Birjaning firma nomida “birja” soʻzi boʻlishi kerak.
Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz firma nomida “birja” soʻzidan, undan hosil boʻlgan soʻzlardan va soʻz birikmalaridan foydalanishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Birjalar belgilangan tartibda litsenziya olganidan keyin birja faoliyatini amalga oshirish huquqini qoʻlga kiritadi.
