12-modda. Birja savdosi qoidalari
“Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-375-son) · Sana: 12.09.2014 · Amalda
Birja savdosi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
birja aʼzolari, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi nizom;
birja aʼzolarining birja savdolarida ishtirok etishiga ruxsat berish tartibi;
tovarlarni birja savdolariga qoʻyishga ruxsat berishni amalga oshirish tartibi;
birja bitimlarining turlari;
birja savdolarida muomalada boʻladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) tavsifi;
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish tartibi;
birja savdolarini oʻtkazish tartibi;
birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini roʻyxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;
kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) tartibi;
birjada narxlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;
birja savdolari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibi;
birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qoidalar;
birjada nizolarni hal etish tartibi.
Birja savdosi qoidalarida qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
