Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son) · Sana: 06.12.2001 · Amalda
Ishtirokchilari (toʻliq sheriklari) oʻz oʻrtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan hamda uning majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat toʻliq shirkat deb hisoblanadi.
Shaxs faqat bitta toʻliq shirkatning ishtirokchisi boʻlishi mumkin.
Toʻliq shirkatning (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) firma nomi yo uning barcha ishtirokchilari nomini (nomlanishini), shuningdek “toʻliq shirkat” degan soʻzlarni yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining “va kompaniya” degan soʻzlar qoʻshilgan nomini (nomlanishini), shuningdek “toʻliq shirkat” degan soʻzlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-21826
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 8-modda. Toʻliq shirkat tushunchasi Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-2457/8 (lex.uz/docs/-21826)