31-modda. Kommandit shirkatni qayta tashkil etish va tugatish
Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son) · Sana: 06.12.2001 · Amalda
Kommandit shirkatni qayta tashkil etish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Kommandit shirkat unda ishtirok etgan barcha hissa qoʻshuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda, shuningdek ushbu Qonun 27-moddasida nazarda tutilgan toʻliq shirkatni tugatish asoslari boʻyicha tugatiladi.
Barcha hissa qoʻshuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda toʻliq sheriklar kommandit shirkatni tugatish oʻrniga uni toʻliq shirkatga aylantirishga haqlidirlar.
Kommandit shirkat tugatilgan taqdirda, shu jumladan u bankrot boʻlgan taqdirda, hissa qoʻshuvchilar shirkatning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qoladigan mol-mulkidan hissalar olishda toʻliq sheriklar oldida imtiyozli huquqqa egadirlar. Shirkatning shundan keyin qolgan mol-mulki toʻliq sheriklar oʻrtasida, agar taʼsis shartnomasida yoki toʻliq sheriklar va hissa qoʻshuvchilarning kelishuvida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, ularning shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-dekabr,
308-II-son
