Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son) · Sana: 06.12.2001 · Amalda
Shirkat ishtirokchisi qolgan ishtirokchilarning roziligi bilan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini shirkatning boshqa ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxsga berishga haqli.
Ulush (ulushning bir qismi) boshqa shaxsga berilganda ulushni (ulushning bir qismini) bergan ishtirokchining huquqi toʻlaligicha yoki huquqning tegishli qismi unga oʻtadi. Ulush (ulushning bir qismi) berilgan shaxs shirkatning majburiyatlari boʻyicha ushbu Qonun 21-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-21826
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 15-modda. Ishtirokchining shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining oʻzga shaxsga berilishi Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida (308-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-2457/15 (lex.uz/docs/-21826)