14-modda. Birja mol-mulki
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida (625-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Birjaning mol-mulki asosiy fondlar va oborot mablagʻlaridan, shuningdek xususiy mulk tarzida birjaga qarashli boshqa mol-mulkdan iborat boʻladi.
Birja mol-mulki birja qatnashchilari tomonidan taʼsis paylari va kirish badallari hisobiga uning egaligiga yoki unga ijaraga beriladi, shuningdek birja tomonidan oʻz faoliyatidan orttirgan daromadlar hisobiga mulk sifatida sotib olinadi.
2. Birja mol-mulkidan foydalanish tartibini birja aʼzolarining umumiy yigʻilishi belgilab beradi.
3. Davlat birjaning mulkiy huquqlari muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Qonunlarda nazarda tutilganidan boʻlak hollarda birja mol-mulkining tortib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Birjaning mulkiy huquqlarini buzish tufayli, faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish oqibatida unga yetkazilgan zararlar qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi.
