12-modda. Birja ustavi
Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida (625-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Kuchini yo'qotgan
Birja oʻz faoliyatini muassislari tasdiqlaydigan ustav asosida amalga oshiradi.
Birjaning ustavida:
birjaning nomi va turi;
birjaning joylashgan yeri (pochta manzili)
birja faoliyatining sohasi va maqsadi;
ustav fondining miqdori, muassislar tomonidan fondga ulushlar kiritishning tartibi va muddatlari;
daromadni taqsimlash va ehtimol tutilgan zararlarni qoplash tartibi;
birja muassislari va aʼzolarining mulkiy javobgarligi;
birjaning boshqaruv idoralari, ularni tashkil etish tartibi va ularning vakolatlari;
birja savdo-sotigʻi qoidalarini ishlab chiqish va qabul qilish tartibi;
birja aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikni vaqtincha toʻxtatib turish va toʻxtatish tartibi, birja aʼzolarining huquq va majburiyatlari;
birjani qayta tashkil etish va tugatish tartibi belgilab berilishi kerak.
Ustavda qonunlarga zid kelmaydigan boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
