16-modda. Muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Muqobil xizmat toʻgʻrisida (646-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Chaqiruv komissiyalarining aʼzolari, muqobil xizmat boshqaruv idoralarining mansabdor shaxslari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari Qonunga xilof qarorlar chiqarganliklari hamda muqobil xizmat toʻgʻrisidagi qonunlarni oʻzgacha tarzda buzganliklari uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar boʻladilar.
Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy nizomlarda hamda Oʻzbekiston Respublikasida muqobil xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilab berilgan muqobil xizmatni oʻtash, harbiy tayyorgarlik va xizmatdan boʻshash tartibini buzganlari taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Muqobil xizmatdagi xizmatchilar bitimdagi majburiyatlarini buzganlarida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga zarar yetkazganlarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tarzda moddiy, intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Muqobil xizmatdagi xizmatchilarga oid jinoiy ishlar prokuratura idoralari tomonidan tergov qilinadi va respublika sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
