15-modda. Muqobil xizmatni toʻxtatish
Muqobil xizmat toʻgʻrisida (646-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Muqobil xizmatning belgilangan muddatini ado etgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan xizmatdan boʻshatiladilar.
Fuqaro oilaviy sharoiti oʻzgarganligi munosabati bilan, basharti, bu hol unga amaldagi qonunlarga muvofiq xizmatni kechiktirish yoki xizmatdan ozod boʻlish huquqini bersa, muqobil xizmatdan muddatidan ilgari boʻshatilishi mumkin.
Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi davolash muassasalarining harbiy-shifokorlar komissiyalari tomonidan salomatligiga koʻra xizmatni davom ettirishga qodir emas deb topilgan hollarda ham muddatidan ilgari xizmatdan boʻshatilishi mumkin.
Muqobil xizmatdan muddatidan ilgari boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qabul qiladi.
