13-modda. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning majburiyatlari
Muqobil xizmat toʻgʻrisida (646-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro:
xizmatni belgilangan joyda, muqobil xizmat tuzilmalari tarkibida oʻtashi;
ushbu Qonunda, harbiy nizomlarda belgilangan talablarni, shuningdek ish joyida amal qilib turgan ichki mehnat tartib-qoidalarini soʻzsiz bajarishi;
harbiy bilimlarni sabot bilan egallashi, ishlab chiqarish topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli qilib bajarishi shart.
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar halokat, falokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun jalb etilgan taqdirda, ular yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish yuzasidan komissiya yoki shtablarning joylardagi rahbarlari belgilaydigan maxsus vazifalarni bajaradilar.
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar:
rahbarlik va saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallash;
xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish;
oliy va oʻrta maxsus bilim yurtlariga oʻqishga kirish;
tegishli mansabdor shaxsning ruxsati boʻlmagani holda xizmat joyidan va ishdan ketib qolish huquqiga ega emas.
