12-modda. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarning huquqlari
Muqobil xizmat toʻgʻrisida (646-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro:
xizmat va ish joyidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy yordamning barcha turlaridan foydalanish;
ish joyida barcha nafaqalar, ustama haqlar va yordamlar, shu jumladan mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotganlik uchun nafaqalar olish;
xizmatga chaqirilgunga qadar oʻzi ishlagan yoki oʻqigan korxonaga, muassasaga, tashkilotga avvalgi ishiga yoki avvalgisiga teng lavozimga, shuningdek oʻquv yurtiga qaytish;
boshqa xizmat joyiga oʻtkazish, muqobil xizmatdan muddatidan avval boʻshashga oid masalalar boʻyicha, boshqa mazmundagi arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan muqobil xizmat boshqaruvi davlat idoralariga murojaat etish huquqiga ega.
