8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi va amalga oshiradi;
aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini taʼminlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
tegishli hududda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
