7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining samarali ishlab turishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlanish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir tegishli chora-tadbirlarni koʻradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
