4-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʻzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
