19-modda. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining va uning hududiy boʻlinmalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
tabiatni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi va uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
