18-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
aholi oʻrtasida sanitariya-gigiyenaga oid bilimlarni tarqatish boʻyicha ishlarni, shuningdek sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni tashkil etadi;
aholi oʻrtasida muntazam tibbiy tekshiruvlarni tashkil etadi;
alkogolizmga, giyohvandlikka, zaharvandlikka, ruhiy kasalliklarga, OIV infeksiyasiga, tanosil kasalliklariga va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklarga chalingan shaxslarni aniqlaydi, ularni hisobga olish, tekshiruvdan oʻtkazish, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshiradi;
OIV infeksiyasi, alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik tarqalishining oldini olishga doir chora-tadbirlarni bajarish uchun mutaxassislarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
odam savdosidan jabrlanganlarni belgilangan tartibda ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini koʻradi.
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari ichki ishlar organlariga:
ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf soluvchi boshqa kasalliklar tarqalganligi haqida;
badaniga shikast yetgan yoxud behush holatda boʻlgan shaxslar kelib tushganligi yoki murojaat etganligi haqida;
odamlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan oilaviy-maishiy nizolar toʻgʻrisida va oilaviy-maishiy munosabatlar sohasidagi huquqbuzarliklar haqida;
