16-modda. Mehnat organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Mehnat organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
mehnat va aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
aholini ish bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi, ishsizlarni hisobga olishni va ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
mehnat va aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Mehnat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
