15-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Davlat soliq xizmati organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan jismoniy va yuridik shaxslarning hisobini yuritadi, mazkur maʼlumotlarning tahlilini amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
