11-modda. Prokuratura organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari
Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-371-son) · Sana: 14.05.2014 · Amalda
Prokuratura organlari:
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini, shu jumladan soliq, valyutaga oid huquqbuzarliklar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi oʻrtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatda ishtirok etadi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Prokuratura organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
