32-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (50-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qoʻmitalar va komissiyalar vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlarini oʻz majlislariga taklif etish va ularning qonunlar, Oliy Majlisning boshqa hujjatlari, qoʻmitalar va komissiyalarning tavsiyalari qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitish huquqiga egadirlar.
Qoʻmitalar va komissiyalar tegishli organlar hamda tashkilotlarni koʻrib chiqiladigan masalalar xususida oldindan xabardor qiladilar.
