31-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (50-I-son) · Sana: 05.05.1995 · Amalda
Qoʻmitalar va komissiyalar oʻz vazifalari doirasidagi masalalar boʻyicha davlat organlari va jamoat birlashmalaridan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, yozma xulosalarni, hisobot maʼlumotlarini va boshqa materiallarni soʻrab olishga haqlidirlar.
Zarurat boʻlgan hollarda qonun loyihalari ilmiy ekspertizaga yuboriladi, ular yuzasidan Vazirlar Mahkamasining xulosalari, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning, jamoat birlashmalarining, shuningdek olimlar va mutaxassislarning fikri soʻrab olinishi mumkin.
Davlat organlari, jamoat birlashmalarining rahbarlari, boshqa mansabdor shaxslar Oliy Majlis qoʻmitalari va komissiyalariga notoʻgʻri axborot berganliklari yoxud axborotni atayin yashirganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
