7-modda. Axborotdan foydalanuvchi va uning huquqlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida (O‘RQ-369-son) · Sana: 05.05.2014 · Amalda
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchidir.
Axborotdan foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan axborotni olish uchun bevosita yoxud oʻz vakillari orqali soʻrov bilan murojaat etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishni rad etish.
Axborotdan foydalanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
